Yangiliklar 14:46 | 09.11.2021

Logan Pol Tayson bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi

Videobloger Logan Pol Tayson bilan jang borasidagi mish-mishlar haqida gapirdi. Bu haqda “SecondsOut” xabar berdi.

Foto: “xsport.ua”

Oldinroq Tayson 2022 yilning fevral oyida gingga qaytishi va bu jang ko‘proq pul uchun bo‘lishi ma'lum qilingan.

“Tayson juda ham qari, shunday emasmi? Men uni ursam nima bo‘ladi? Men qariyani urishim yaxshi emas.

Odamlar buni ko‘rishni xohlaydi? Agar odamlar qiziqsa, men Mayk Taysonni mag‘lub etgan bo‘lardim. Vaqt hech kimni ayamaydi, Tayson esa 55 yoshda.

Men chiqaman va uni nokautga uchrataman, lekin nima uchun?”, — degan Logan Pol.

Avvalroq Mayk Tayson Logan Pol bilan jang qilishi mumkinligini aytgandi. Shuningdek, u aka-uka Pollarning biri bilan jang qilish istagi borligini ma'lum qilgandi.