O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Italiyaning “Roma” klubi futbolchisi Eldor Shomurodov Rim jamoasini tark etmasligini aytdi. Bu haqda “Tribuna.uz” ma'lum qildi.

Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Shomurodov “Roma”ni tark etasizmi degan savolga quyidagicha javob berdi:

“Ketish hayolimga ham kelgani yo‘q. Hozircha hammasi joyida”.

Eslatib o‘tamiz, Eldor ayni paytda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan Gruziyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Avvalroq Ikrom Aliboyev terma jamoadagi muhit haqida gapirgandi. Shuningdek, Shomurodov “Roma”ning so‘nggi o‘yinida gol+pas qayd etgandi.