Yangiliklar 22:44 | 16.11.2021

Ronaldu Instagram’iga sevgilisi bilan tushgan yangi surat joyladi — foto

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zining tv sahifasida sevgilisi Jorjina Rodriges bilan tushgan rasmini joyladi.

Foto: Instagram/@Cristiano

“Manchester Yunayted” futbolchisi FIFA kunlari doirasida terma jamoasi bilan Jahon chempionati saralashi o‘yinlarini o‘tkazdi va u endi Angliyaga qaytishini ma'lum qildi.

“Dunyo bo‘ylab sayohat qilishimizdan qat'iy nazar, Portugaliyada men va oilam o‘zimizni uyda his qilamiz. Ajoyib iqlim, ajoyib taomlar, portugal xalqining mehr-muhabbati, yurtimga qaytish har doim yoqimli. Manchesterga qaytish va butun diqqatimizni maqsadlarimizga qaratish vaqti keldi, lekin biz tez orada qaytamiz. Hozir ko‘rishguncha, Portugaliya!”, — deb yozadi Krishtianu.

Avvalroq Ronaldu Serbiyaga qarshi o‘yindan keyin yig‘lagani aytilgandi. Shuningdek, Krishtianu ushbu o‘yinda darvozaga zarba bera olmagani ma'lum qilingandi.