Yangiliklar 19:35 | 16.11.2021

Toshkentda Jahon chempionligi kamari uchun muay-tay kechasi o‘tkaziladi

Toshkentda 20 noyabr kuni muay-tay kechasi o‘tkaziladi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati

“Zo‘r-TV” telekanali pavilonida o‘tkaziladigan professionallar o‘rtasidagi oqshomda Ispaniya, Braziliya, Jazoir, Eron, Iroq hamda O‘zbekiston sportchilari g‘oliblik uchun bahs olib boradi.

Muay-tay bo‘yicha professionallar o‘rtasidagi markaziy jangda Jahon chempionligi kamari uchun o‘zbekistonlik Muhammadiy Jahongir ringga ko‘tariladi. Katta muay-tay kechasining yulduzli mehmoni — 18 karra jahon chempioni Mayk Zambidisdir.

20 noyabr, soat 19:00 da “Zo‘r-TV” telekanali pavilonida katta muay-tay kechasi tashkil etiladi.

Avvalroq xalqaro shaxmat akademiyasida “Prezident kubogi” turniri boshlangani haqida xabar berilgan. Shuningdek, Aziz Abduxakimov xalqaro sambo federatsiyasi va Rossiya Olimpiya qo‘mitasi rahbarlari bilan uchrashgani ma'lum qilingan.