Yangiliklar 10:26 | 18.11.2021

Murodjon Ahmadaliev jangdan oldingi “face to face”da qatnashdi — video

O‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliev xose Velaskesga qarshi jangdan oldingi “face to face” marosimida qatnashdi. Bu haqda u o‘z Instagram cahifasida xabar bergan.

Foto: Instagram / @murodjon_akhmadaliev

Ahmadaliev o‘ziga tegishli WBA va IBF chempionlik kamarlarini 19 noyabr kuni Manchester shahrida himoya qiladi. U xose Velaskesga qarshi jang o‘tkazadi.

“Fact to face” marosimi Eddi xirn boshchiligida o‘tdi.

Oldinroq Ahmadaliev 19 noyabr kuni amerikalik Ronni Riosga qarshi jang qilishi lozim edi. Ammo Riosda koronavirus aniqlangani sababli endilikda uning o‘rniga chililik xose Velaskes ringga ko‘tariladigan bo‘lgandi.

Avvalroq Murodjon Ahmadalievning raqibi o‘zgargandi. Shuningdek, Murodjon Ahmadalievning navbatdagi jang sanasi va o‘tkazilish joyi ma'lum bo‘lgani xabar qilingan.