Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Qozog‘iston bilan 2 ta o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Getty Images”

Unga ko‘ra, terma jamoa 14 va 15 dekabr kunlari Qozog‘iston poytaxti Nursulton shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi.

Ushbu yig‘in davomida ular Qozog‘iston terma jamoasi bilan 2 marotaba o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Avvalroq O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi uchrashuv natijasi ma'lum qilingandi. Shuningdek, terma jamoa murabbiyi Eronga qarshi o‘yindan so‘ng fikr bildirgandi.