Yangiliklar 22:50 | 19.11.2021

“Barselona” Kilian Mbappeni sotib olmoqchi

“Barselona” prezidenti Joan Laporta kelajakda “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda “As” xabar berdi.

Foto: “Read Football”

Frantsiyalik futbolchi “Real”ga o‘tishga yaqin turibdi, biroq, Laporta o‘z atrofidagilarga Mbappe bilan shartnoma imzolashga harakat qilishini aytgan.

“Messining qaytishi Laporta o‘z yaqinlariga Mbappeni ‘Real7dan olishini aytgani bilan bir xil. Bu g‘alati va imkonsiz narsa bilan chegaradosh”, — deyiladi xabarda.

Kilianning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi.

2021/22 yilgi mavsumda frantsiyalik futbolchi “PSJ” safida barcha turnirlar doirasida 16 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Avvalroq “Barselona” Lingardga qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, “Chelsi” “Barselona”dan Gavini sotib olishni rejalashtirayotgani aytilgandi.