Yangiliklar 0:05 | 19.11.2021

Iordaniya futbol assotsiatsiyasi eronlik ayol futbolchiga erkak ekanlikda ayblov qo‘ydi — foto

Eron ayollar terma jamoasi darvozaboni Zohre Koudai Iordaniya futbol assotsiatsiyasi uni erkak ekanlikda ayblagani haqidagi xabarga javob berdi. Bu haqda “Championat.com” xabar berdi.

Foto: “Euro Football”

Eron va Iordaniya ayollar terma jamoalari 25 sentyabr kuni Osiyo Kubogiga saralash o‘yinida to‘qnash keldi. Eron iordaniyalik raqiblarini penaltilar seriyasida mag‘lub etdi va Osiyo Kubogi-2022 finaliga yo‘llanma oldi.

Keyinroq Iordaniya futbol assotsiatsiyasi Eron terma jamoasi o‘yinchilaridan biri ayol ekanligiga shubha bildirdi va assotsiatsiya rasmiylari Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga (OFK) shikoyat arizasi bilan murojaat qilib, Koudaining jinsini tekshirishni so‘radi.

Eron ayollar terma jamoasi darvozaboni Zohre Koudai o‘zini erkak ekanligi haqidagi har qanday ayblovlarni rad etdi.

“Iordaniya futbol federatsiyasini sudga beraman. Men ayolman. Bu Iordaniyadan masxara.

Mening yagona gunohim — mening xunukligim”, — deydi Koudai.

Avvalroq Saudiya Arabistonida ayollar futbol ligasi tashkil etilgani haqida xabar berilgan.