Italiyalik muxlislar “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov haqida qo‘shiq kuyladi. Bu haqda You Tube’dagi “Roma Giallorossa TV” kanali video joyladi.

Foto: “Getty Images”
Italiya A Seriyasining 13-turida “Roma” Shomurodovning sobiq jamoasi Genuyaning “Jenoa” klubiga qarshi o‘yin o‘tkazadi. “Bo‘rilar” muxlislari o‘zbekistonlik futbolchiga atab qo‘shiq kuyladi. Bu qo‘shiq avgust oyida aytilgan va hozirda muxlislar qayta ijtimoiy tarmoqlarga joylab, futbolchini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Avvalroq Eldor Shomurodov “Roma” safidagi oxirgi o‘yinida gol+assist qayd etgani ma'lum qilingandi. Shuningdek, Eldor Shomurodov A Seriyada “Roma” safidagi ilk golini urgandi.