Yangiliklar 6:15 | 20.11.2021

Murodjon Ahmadalievning jangi yakunlandi

Engil vaznda WBA va IBF kamarlari egasi Murodjon Ahmadalievning xose Velaskesga qarshi himoya jangi yakunlandi.

Foto: “Sports-addict.net”

AQShning Nyu-Gempshir shtati Manchester shahrida o‘tkazilgan jang to‘liq 12 raund davom etdi va g‘olib hakamlar qaroriga ko‘ra aniqlandi.

Ushbu jangda Murodjon Ahmadaliev hakamlarning bir ovozdan chiqargan qaroriga ko‘ra, g‘alaba qozondi va WBA hamda IBF kamarlarini saqlab qoldi.

Avvalroq Murodjon Ahmadalievning jangi O‘zbekistonda jonli efirda namoyish etilishi ma'lum bo‘lgan. Shuningdek, Murodjon Ahmadaliev jangdan oldingi “face to face”da qatnashgandi.