Yangiliklar 14:12 | 20.11.2021

Otabek Umarov Ahmadalievni g‘alaba bilan tabrikladi

Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov Murodjon Ahmadalievni o‘z Telegram kanalida WBA va IBA kamarlarini himoya qilgani bilan tabrikladi.

Foto: Telegram / @otabek_muhammadalievich

Oldinroq Murodjon Ahmadaliev hakamlarning bir ovozdan chiqargan qaroriga ko‘ra, chililik raqibini mag‘lubiyatga uchratgandi. Shuningdek, WBA hamda IBF kamarlarini saqlab qolgandi.

“Hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev WBA Super va IBF yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempioni unvonini himoya qilib, professional ringda ketma-ket o‘ninchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Chempionni chin qalbdan tabriklaymiz!”, deb yozgan Umarov.

Avvalroq Murodjon Ahmadalievning jangi yakunlangani xabar qilingan. Shuningdek, Ahmadaliev jangdan oldingi “face to face” marosimida qatnashgandi.