O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi CAFA U-15 turnirining ikkinchi tur o‘yinida Qirg‘iziston bilan durang o‘ynadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto:  O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati
Tojikistonning Dushanbe shahrida o‘tkazilayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi SAFA U-15 musobaqasining birinchi tur o‘yinlari boshlandi. Mazkur musobqada qatnashayotgan Server Jeparov shogirdlari ikkinchi o‘yinda Qirg‘iziston yoshlari bilan o‘yin o‘tkazdi va 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

Shuningdek, o‘smirlar jamoasi bu bahsda 90+6 daqiqada kiritilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qolgan.

Avvalroq Server Jeparov shogridlari Eron bilan o‘yinda mag‘lubiyatga uchragandi. Shuningdek, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining Turkiyaga qarshi o‘yini natijasi ma'lum qilingan.