“PSJ” bosh murabbiyi Maurisio Pochettino bir kun avval Ole-Gunnar Sulsher istefoga chiqarilgan “Manchester Yunayted” bilan ishlashga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “The Times” xabar berdi.

Foto: “The Times”

Pochettino do‘stlariga mavsum yakunida mankunianliklarni boshqarishga qarshi emasligini aytgan. xabarga ko‘ra, 49 yoshli argentinalik Parij klubidagi mavqeidan norozi. Pochettino Lionel Messi, Neymar va Kilian Mbappelar hukmronlik qiladigan kiyinish xonasini boshqarishdan charchagan.

Bundan tashqari, murabbiy hamon mehmonxonada istiqomat qiladi, uning oilasi esa Londonda qolgan, u avvalroq “Tottenhem”ni boshqargan. “Manchester Yunayted” Pochettino nomzodini 2018 yilning dekabrida, Sulsher tayinlanishidan oldin ko‘rib chiqqan edi.

Keyingi uchrashuvlarda “Manchester Yunayted”ni Maykl Kerrik boshqaradi.

Avvalroq Sulsher rasman iste'foga chiqarilgani xabar qilingan. Shuningdek, “Manchester Yunayted” murabbiyligiga kimlar nomzod ekani ma'lum bo‘lgan.