Yangiliklar 16:31 | 22.11.2021

Ronaldu Sulsherning “MYu”dan ketganiga munosabat bildirdi 

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu bosh murabbiy Ole-Gunnar Sulsherning iste'foga chiqarilishiga munosabat bildirdi. Bu haqda u o‘zining Twitter sahifasi orqali ma'lum qildi.

Foto: “The Sun”

Norvegiyalik mutaxassis jamoa bilan 2018 yilning dekabr oyidan buyon ishlab kelayotgan edi. Bu vaqt ichida “Yunayted” birorta ham sovrin yuta olmadi.

“‘Old Trafford’ga birinchi kelganimda u mening hujumkor sherigim edi va ‘Manchester Yunayted’ga qaytganimdan beri u mening murabbiyim bo‘lib kelmoqda. Ammo, eng muhimi, Ole — ajoyib shaxs. Hayot unga nima tayyorlagan bo‘lsa ham, unga eng yaxshi tilaklarimni tilayman.

Do‘stim omad! Sen bunga loyiqsan!” — deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda.

Avvalroq “PSJ” murabbiyi “Manchester Yunayted”ni boshqarmoqchi ekani haqida xabar berilgan. Shuningdek, “Manchester Yunayted” murabbiyligiga kimlar nomzod ekani ma'lum bo‘lgan.