“Real”ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan ishdan bo‘shatilgan Ole-Gunnar Sulsher o‘rniga o‘rinbosar qidirayotgan “Manchester Yunayted” taklifini rad etdi. Bu haqda “Cuatro” xabar berdi.

Foto: “Getty Images”

xabarga ko‘ra, Zidan ingliz tilini yaxshi bilmasligi sababli mankunianliklar jamoasini boshqarishdan bosh tortgan. Shuningdek, manbaga ko‘ra, 49 yoshli frantsuzning qaroriga uning rafiqasi Angliyaga ko‘chib o‘tishni istamagani ta'sir qilgan.

Kelajakda Zidan Frantsiyada ishlashni xohlaydi — yo “PSJ”da yoki terma jamoada.

Avvalroq “PSJ” murabbiyi “Manchester Yunayted”ni boshqarmoqchi ekani haqida xabar berilgan. Shuningdek, “Manchester Yunayted” murabbiyligiga kimlar nomzod ekani ma'lum bo‘lgan.