Frantsiya futbol federatsiyasi prezidenti Noel Le Gre mamlakat terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Valbuena ishi bo‘yicha Benzemaga hukm chiqarilganiga qaramay, Madridning “Real” klubi hujumchisining terma jamoaga chaqirilishini tasdiqladi. Bu haqda “Lequipe.fr” xabar berdi.

Foto: “Getty Images”

Sud Benzemani aybdor deb topdi va shartli ravishda bir yillik qamoq jazosi va 75 ming evro jarimaga tortdi.

“Hech narsa o‘zgarmadi. Vaziyat achinarli bo‘lsada, u terma jamoaga kirish huquqini saqlab qoladi. U bir necha yildan beri Frantsiya terma jamoasida o‘ynamadi.

Men uchun bu jazo hech narsani o‘zgartirmaydi. Uni terma jamoaga chaqirish mumkin. Uning ishlash huquqi bor. Siz xato qilishingiz, jazo olishingiz va ishga qaytishingiz mumkin.

Men Karimdan mamnunman. U samarali, yaxshi o‘ynaydi. Agar Desham uni chaqirsa, federatsiya e'tiroz bildirmaydi”, — dedi Le Gre.‌‌

Avvalroq Valbuenaning sobiq jamoadoshi sudga kelmagandi. Shuningdek, Benzemaga Valbuena bilan bo‘lgan ish bo‘yicha jazo tayinlangani haqida xabar berilgandi