O‘zbekiston kubogining yarim finalidan o‘rin olgan “AGMK” va “Nasaf” o‘rtasidagi o‘yin 0:2 hisobida mehmonlar foydasiga yakunlandi va “ajdarlar” finalga yo‘l oldi.

Foto: “Nasaf” futbol klubi matbuot xizmati

O‘yindan keyin “AGMK” matbuot xizmati mag‘lubiyatga quyidagicha munosabat bildirdi:

“VARda ‘Nasaf’ning sobiq futbolchisi Risqullaev ishlagan va Rahim Karimov boshqarib ikkita top-toza gollarimizni bekor qilgan va darvozamizga ikkita penalti belgilagan yarim final o‘yinida mag‘lub bo‘ldik!”.

Skrin: Telegram / “AGMK” futbol klubi matbuot xizmati

Ma'lumot o‘rnida, “Nasaf” chempionlik uchun finalda “Paxtakor”–“Bunyodkor” o‘yini g‘olibi bilan maydonga tushadi.

Avvalroq jamoalar o‘zaro o‘yinni qanday tarkibda boshlagani ma'lum qilingandi. Shuningdek, “Nasaf” finalga yo‘l olgani haqida xabar berilgandi.