London sudi “Putin xalqi” kitobida Abramovichga nisbatan qo‘yilgan ayblov tuhmat ekanini ma'lum qildi. Bu haqda “Reuters.com” xabar berdi.

Foto: “Reuters.com”

“Chelsi” xo‘jayini Roman Abramovich “Putin xalqi” kitobi muallifi Ketrin Beltonga nisbatan tuhmat yuzasidan sudda g‘alaba qozondi.

Kitobda aytilishicha, tadbirkorning “Chelsi”ni sotib olish haqidagi kelishuvi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning buyrug‘i bilan tuzilgan. London sudi bu ayblovlarni tuhmat deb topdi.

“Kitobdagi parchalarning ma'nolari umumiy huquq nuqtai nazaridan da'vogarning sha'ni va qadr-qimmatini oyog‘osti qiladi”, deyiladi sud qarorida.

Avvalroq Usmon Nurmagomedov politsiyachini urib ketgan mashinani boshqargani aniqlangandi. Shuningdek, Benzemaga Valbuena bilan bo‘lgan ish bo‘yicha jazo tayinlangani haqida xabar berilgandi