Yangiliklar 3:06 | 24.11.2021

“MYu” murabbiyi “Vilyarreal”ga qarshi o‘yindan keyin fikr bildirdi

“Manchester Yunayted”ning vaqtinchalik murabbiyi Maykl Kerrik Chempionlar ligasi doirasilagi “Vilyarreal”ga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar berdi.

Foto: “Iport.ua”

Kerrik jamoasi qiyin raqibga qarshi o‘ynaganini ta'kidladi.

“Biz bu erga g‘alaba qozonish uchun kelgandik. Men buni amalga oshirishimizga va bunga tayyor ekanimizga ishondim. Oddiy o‘yin bo‘lmadi, bu qiyin raqib. O‘ylashimcha, bugun yigitlarga maydonni botqoqqa aylantirishga ham to‘g‘ri keldi.

Menimcha, biz bu erga kelib, chiroyli futbol ko‘rsatishga harakat qilmadik. Agar jamoada ketma-ket yomon natijalar kuzatilsa va o‘yinchilar individual va jamoaviy formada bo‘lmasa, ishlarni yo‘lga qo‘yish oson emas.

Ko‘p jihatdan bu men uchun g‘alaba qozonishning eng yaxshi usuli edi. Zaxira katta ta'sir ko‘rsatdi”, — degan murabbiy.

Avvalroq “Manchester Yunayted” “Vilyarreal”ni mag‘lub etgandi. Shuningdek, “Manchester Yunayted”ning Fergyusondan keyingi eng yaxshi murabbiyi kim ekani ma'lum bo‘lgan.