“Globe Soccer Awards” nashri o‘z talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun nomzod o‘yinchilar ro‘yxatini e'lon qildi.

Foto: “Globe Soccer Awards”

Sovrin uchun da'vogarlar ro‘yxatida quyidagi futbolchilar o‘rin olgan:
  1. Janluiji Donnarumma;
  2. Markinos;
  3. Neymar;
  4. Killian Mbappe;
  5. Marko Verratti;
  6. Lionel Messi;
  7. Sesar Aspilikueta;
  8. Jorjino;
  9. Ngolo Kante;
  10. Romelu Lukaku;
  11. Yozua Kimmix;
  12. Tomas Myuller;
  13. Robert Levandovski;
  14. Brunu Fernandesh;
  15. Krishtianu Ronaldu;
  16. Kevin de Bryuyne;
  17. Ruben Diash;
  18. Karim Benzema;
  19. Federiko Keza;
  20. Erling Holand;
  21. Harri Keyn;
  22. Muhammad Saloh. 

G‘olib Globe Soccer Award so‘rovnomasi orqali aniqlanadi. Hozircha ovoz berish jarayonida 32% foiz ovoz bilan Krishtianu Ronaldu peshqadamlik qilmoqda. Ma'lumot uchun, Ronaldu Globe Soccer Awards talqiniga ko‘ra, 6 marta ushbu sovringa ega chiqqan.

Avvalroq FIFA “Oltin to‘p”ga da'vogar futbolchilarni ma'lum qilgandi. Shuningdek, FIFA 2021 yilning eng yaxshi murabbiyi uchun nomzodlar ro‘yxatini e'lon qilgani haqida xabar berilgan.