“Real Madrid” futbolchisi Isko “Barselona” bilan kuchli raqobat tufayli itini Messi deb atagan. Bu haqda Instagram’dagi “Ohmygoal” sahifasi ma'lum qildi.

Karikatura: Instagram/@ohmygoal

Futbolchining so‘zlariga ko‘ra, bu laqabni itiga otasi va akasi istagi bilan qo‘ygan.

“Aytishim kerakki, mening boquvumdagi itga Messi deb ism qo‘yish g‘oyasi ko‘proq otam va akamdan chiqqan edi. Men uni ushlagandan keyin qo‘llarimni yuvaman, men madridistman va bundan hammasi ma'lum. Men hech qachon itimni ko‘chaga chiqarmayman. Shuning uchun uni Messi deb atashim shart bo‘lmaydi”, — deya izohlaydi Isko

Avvalroq Messining “Man.Siti”ga qarshi o‘yindagi statistikasi e'lon qilingandi. Shuningdek, Benzemaga Valbuena bilan bo‘lgan ish bo‘yicha jazo tayinlangani haqida xabar berilgandi