Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida 2021 yilning 26 noyabr kunida “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi musobaqa boshlanadi. Unda ishtirok etadigan o‘zbekistonlik dzyudochilarning raqiblari ma'lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi xabar berdi.

Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Qur'a natijalari quyidagicha:

60 kg: Dilshodb Baratov (O‘zbekiston) — Dilshot xolmatov (Ukraina);
-66 kg: Dilshod Yo‘ldoshev (O‘zbekiston) — Lutsian Borsh (Ruminiya);
-73 kg: Hikmatilloh To‘raev (O‘zbekiston) — Jeyk Bensted (Avstraliya) / Abdulloh Hamad (Saudiya Arabiston);
-81 kg: Suhrob Tursunov (O‘zbekiston) — Bolor-Ochir Gereltuya (Mo‘g‘iliston);
-81 kg: Arslon Tojiyev (O‘zbekiston) — Muhammad Al Harbi (Suadiya Arabistoni);
-90 kg: Davlat Bobonov (O‘zbekiston) — Jahongir Majidov (Tojikiston) / Mohab Elnaxas (Kanada);
-100 kg: Muzaffar To‘raboyev (O‘zbekiston) — Folk Petersilka (Germaniya);
-100 kg: Aqlmurod xudoyberdiev (O‘zbekiston) — Tomas Briseno (Chili);
+100 kg: Shohruh Mamarasulov (O‘zbekiston) — Marius Fizel (Slovakiya);
-52 kg: Diyora Keldiyorova (O‘zbekiston) — Aleksandra Kaleta (Polsha).

Avvalroq O‘zbekiston dzyudo jamoasi harbiylar o‘rtasidagi Jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgani ma'lum qilingandi.