“Lokomotiv”ning sport va rivojlanish bo‘limi boshlig‘i Ralf Rangnik “Manchester Yunayted”ning vaqtinchalik murabbiyi bo‘lishga dastlab rozi bo‘lmagan. Bu haqda “Manchester Evening Sports” xabar berdi.

Foto: “Manchester Evening Sports”

xabarga ko‘ra, 63 yoshli mutaxassis “Manchester Yunayted”ning birinchi taklifini rad etgan. Keyin klub kelishuv shartlarini yaxshilagan va Rangnik ularni qabul qilgan.

Nemis mutaxassisi “Manchester Yunayted” bilan 6 oy muddatga shartnoma imzolashi, keyin esa klubga maslahatchi bo‘lishi xabar qilingandi. “Loko” bilan amaldagi shartnomani bekor qilish bo‘yicha muzokaralar oxirgi bosqichda bormoda.

Avvalroq Ralf Rangnik “Manchester Yunayted”ning vaqtinchalik murabbiyi bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgan.