“Lokomotiv”ning sport va rivojlanish bo‘limi boshlig‘i Ralf Rangnik “Manchester Yunayted”ning vaqtinchalik murabbiyi bo‘lishi mumkin. Bu haqda “The Times” xabar berdi.

Foto: “The Times” 

xabarga ko‘ra, 63 yoshli mutaxassis “Yunayted”ni boshqarishga rozi bo‘lgan. Tomonlar 6 oylik shartnomaga kelishib oldilar. Keyin u 2 yillik shartnoma imzolab, “Manchester Yunayted”da maslahatchi bo‘ladi.

Endi hammasi “Lokomotiv”ga bog‘liq. Moskva klubi Rangnik bilan shartnomani bekor qilishga rozi bo‘lishi kerak, ammo “Manchester Yunayted” bu muammo bo‘lmasligiga ishonmoqda.

Qayd etilishicha, “MYu” ijrochi vitse-prezidenti Ed Vudvord “Loko” bilan shartnomasini ancha oson bekor qiladigan Rangnikga hayrihohlik qiladi. 

Avvalroq “PSJ” murabbiyi “Manchester Yunayted”ni boshqarmoqchi ekani haqida xabar berilgan. Shuningdek, Zidan “Manchester Yunayted”ning taklifini rad etgani ma'lum qilingan.