UEFA Chempionlar ligasida 5-turning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlarni e'lon qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.

eurosport.ru

xabarga ko‘ra, UEFA ro‘yhatidan 4 futbolchi o‘rin olgan. Bular:

  • “Sporting” yarimhimoyachisi Pedru Gonsalvesh. U “Borussiya D”ga qarshi o‘yinda dubl qayd etdi;
  • “Ayaks” hujumchisi Sebastyan Aller. Futbolchi “Beshiktosh” bilan o‘yinda ikki gol kiritdi.
  • “Inter” hujumchisi Edin Jeko. Bosniyalik o‘yinchi “Shaxtyor” bilan bahsda ikkita gol urdi.
  • “Leyptsig” futbolchisi Emil Forsberg. U “Bryugge”ga qarshi o‘yinda dublni rasmiylashtirdi.

Avvalroq Chempionlar ligasi 5-turdan o‘rin olgan oxirgi 8 ta o‘yin yakunlangandi.