Yangiliklar 15:12 | 26.11.2021

Jurnalist Klopp Afrika qit'asidan uzr so‘rashi kerakligini aytdi

“Liverpul” murabbiyi Yurgen Klopp Chempionlar ligasidagi “Portu”ga qarshi o‘yindan keyin jurnalist bilan tortishib qoldi. Bu haqda “Goal” xabar berdi.

Foto: “Eurosport.ru”

Jurnalist Klopga so‘nggi intervyusida Afrika kubogini “kichik turnir” deb atagani uchun uzr so‘rashi kerakligini, bu futbolchilar muxlislar va odamlar uchun haqorat ekanini aytgan.

“To‘xtang, to‘xtang, to‘xtang. Men bunga o‘xshash narsani nazarda tutmagandim. Rostini aytsam, nega bunday qabul qilayotganingizni tushunmayapman.

Men rostdan ham bunday demoqchi emasdim, bas qiling. Afrika kubogini “kichik turnir” yoki Afrika qit'asini kichik qit'a deb aytish xayolimga ham kelmasdi, umuman.

Matbuot anjumanini to‘liq kuzatib, tushunmoqchi bo‘lsangiz, men faqat mart oyigacha terma jamoalar uchun tanaffus bo‘lmasligini nazarda tutganimni ko‘rasiz. Men esa ‘Ha, yanvarda kichik turnir bo‘ladi’, dedim.

Men bu kichik turnir bo‘ladi, deb aytishni o‘ylamagan edim. Shunchaki yanvarda yana turnir bo‘ladi, dedim kinoya bilan. Bu katta turnir va biz ushbu turnir vaqtida eng yaxshi futbolchilarimizni yo‘qotamiz”, — degan germaniyalik murabbiy.

Avvalroq Klopp “Manchester Yunayted” borasidagi qarorini ma'lum qilgandi. Shuningdek, Klopp “Aston Villa” murabbiyining so‘zlariga munosabat bildirgan.