Evropa Konferentsiyalar ligasi doirasida o‘rin olgan “Roma” va “Zarya” klublari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

Foto: “Getty Images”

O‘yin rimliklar foydasiga 4:0 hisobida nihoyasiga etdi. Gollarga Perez, Zaniola va Abraham(dubl) mualliflik qildi va jamoasini g‘alaba orqali muddatidan oldin keyingi bosqichga olib chiqdi.  Eldor Shomurodov 70-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. 

Mazkur turdan keyin “Roma” 10 ochko bilan 2-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, “Zarya” 6 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.

Avvalroq jamoalar asosiy tarkibga qaysi futbolchilarni maydonga tushirgani ma'lum qilingandi.