FIFA prezidenti Janni Infantino Jahon Chempionatini har 2 yilda o‘tkazish g‘oyasiga qarshi chiqayotganlarni tanqid qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Foto: “Sport-express.ru”

Infantino yuqori o‘rinlarni egallab turganlar o‘z o‘rinlarini yo‘qotishdan qo‘rqishini ta'kidladi.

“Qarshi chiqayotganlar bu — yuqori qatlam. Bu Bu islohot va o‘zgarishlar haqida gap ketgan, hayotning har bir sohasida sodir bo‘ladi.

Yuqoridagilar hech narsani o‘zgartirishni xohlamaydi, chunki ular tepada. Ular vaziyat o‘zgarishidan, ularning etakchilik mavqeiga tahdid solinayotganidan biroz qo‘rqishlari mumkin.

Biz buni tushunamiz, ularga minnatdorlik bildiramiz va muvaffaqiyatga erishganlari, yuqori cho‘qqilarga erishganlari uchun olqishlaymiz. Buni aql bovar qilmaydi, ular hamma uchun namuna. Ammo shu bilan birga, biz eshikni yopa olmaymiz, u ochiq qolishi kerak, biz umid va imkoniyat berishimiz kerak.

Afrika futboli jahon sahnasida porlashi uchun biz jahon futboli uchun ko‘proq imkoniyatlar yaratishimiz kerak”, — degan Infantino Qohirada bo‘lib o‘tgan Afrika futbol konfederatsiyasi kongressida.

Avvalroq FIFA prezidenti “Paxtakor”ni O‘zbekiston chempioniga aylangani bilan tabriklagandi. Shuningdek, FIFA prezidenti futbol taqvimini muhokama qilish uchun sammit o‘tkazilishini aytgan.