Namanganning “Navbahor” klubi Samvel Babayan bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Navbahor” klubi matbuot xizmati

xabarga ko‘ra, sobiq “Paxtakor” klubi va O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Samvel Vyacheslavovich Babayan 2022 yilgi mavsumda “Navbahor” klubi murabbiyiga aylanadi.

Qayd etilishicha, Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov Samvel Babayanni bosh murabbiy sifatida tanishtirdi. U bungacha jamoada maslahatchi murabbiy sifatida ishlab kelgan.

Avvalroq Shavkat Mirziyoev “Navbahor” klubi muxlislari haqida gapirgan.