Yangiliklar 12:14 | 27.11.2021

Chimaev Kovingtonni haqorat qildi

Yarimo‘rta vaznda UFC jangchisi xamzat Chimaev Kolbi Kovingtonning gaplariga javob qaytardi. Bu haqda “MMA Fighting” xabar berdi.

Foto: “Newsmma.net”

Oldinroq amerikalik jangchi xamzat Chimaev UFC doirasida muhokama qilinishi uchun hech qanday ish bajarmaganini ta'kidlagan.

“Sen — birinchi raqamli axlatsan”, deb javob qaytargan Chimaev Kolbining gaplari keltirilgan xabar izohlarida.

Avvalroq Kolbi Kovington Makgregorni tanqid qilgandi. Shuningdek, Kolbi Kovington Habibning omadi kelgani haqida gapirgan va Masvidalni haqorat qilgandi.