Yangiliklar 22:06 | 28.11.2021

APL. Qalin qor bilan boshlangan 13-tur — suratlarda

Angliya Premer-ligasi 13-turidan o‘rin olgan “Byornli” va “Tottenhem” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin kuchli qor sabab qoldirildi. “Terf Mur” stadioniga qor o‘yindan 3 soat avval yog‘ishni boshlagan.

Foto: “REUTERS”

“Biz ishchilardan qorni tozalashni so‘radik. Ammo 10 daqiqadan keyin maydon yana avvalgi (qorli) holiga qaytdi”, — deya izoh bergan uchrashuv hakami Piter Benks.

O‘yinni qutqarib qolishning imkoni bo‘lmadi va uchrashuv boshlanishiga 50 daqiqa qolganda o‘yin bekor qilindi.

Foto: “REUTERS”
Foto: “REUTERS”
Foto: “REUTERS”
Foto: “REUTERS”
Foto: “REUTERS”
Foto: “REUTERS”
Foto: “REUTERS”
Foto: “REUTERS”
Angliya Premer-ligasi 13-turidan o‘rin olgan yana bir o‘yin “Manchester Siti” va “Vest Hem” o‘rtasidagi o‘yin ham kuchli qor ostida o‘tdi. Uchrashuvda “shaharliklar” 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarni “Manchester Siti”dan Ilkay Gyundogan va Fernandino kiritgan bo‘lsa, “Vest Hem”ning yagona golini Manuel Lansini kiritdi.

Foto: “Getty Images”, “Etihad” stadioni
Birinchi bo‘limdan so‘ng maydon qordan tozalandi. Ushbu o‘yindagi g‘alabasidan keyin “Manchester Siti”ning ochkolari 29 taga etdi va ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. “Vest Hem” esa 23 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda qoldi.

Foto: “Getty Images”, “Etihad” stadioni
Foto: “Getty Images”, “Etihad” stadioni
Foto: “Getty Images”, “Etihad” stadioni
Foto: “Getty Images”, “Etihad” stadioni
Foto: “Getty Images”, “Etihad” stadioni
Foto: “Getty Images”, “Etihad” stadioni
Foto: “Getty Images”, “Etihad” stadioni
Foto: “Getty Images”, “Etihad” stadioni
Foto: “Getty Images”, “Etihad” stadioni
Foto: “Getty Images”, “Etihad” stadioni
Foto: “Getty Images”, “Etihad” stadioni
Foto: “Getty Images”, “Etihad” stadioni

Qor ostida o‘tgan uchinchi o‘yin Lester shahrida bo‘ldi. Unda “Lester” va “Uotford” jamoalari uchrashdi va “Tulkilar” 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. Bu o‘yinning ikkinchi bo‘limida maydonni qor qopladi.

Foto: “Getty Images”, “King Pover” stadioni

Ushbu o‘yindan keyin “Lester” 18 ochko bilan o‘ninchi o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, “Uotford” jamoasi 13 ochko bilan 16 o‘rinda bormoqda.

Foto: “Getty Images”, “King Pover” stadioni
Foto: “Getty Images”, “King Pover” stadioni
Foto: “Getty Images”, “King Pover” stadioni
Foto: “Getty Images”, “King Pover” stadioni
Foto: “Getty Images”, “King Pover” stadioni

Avvalroq “Manchester Siti”, “Lester” va “Everton” ishtirokidagi o‘yinlar yakunlangani  xabar qilingan.