Yangiliklar 23:07 | 28.11.2021

Ramos “PSJ”dagi debyut uchrashuvi haqida gapirdi

Himoyachi Serxio Ramos “PSJ” safida “Sent-Eten”ga qarshi o‘yindagi debyutidan o‘z his-tuyg‘ulari haqida gapirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Foto: “Getty Images”

Futbolchi Parij klubida “Real Madrid”dan erkin agent sifatida o‘tganidan so‘ng ilk bor o‘yin o‘tkazdi. 

“O‘ziga xos tuyg‘u. Men baxtliman va juda mamnunman. O‘yinsiz ko‘p vaqt o‘tkazganimdan keyin bu men uchun juda alohida kun. Men uchun jamoaga yordam berish, 90 daqiqa o‘ynash muhim.

Biz yaxshi o‘ynadik, 3 ochkoni qo‘lga kiritdik. xuddi shu ruhda davom etishimiz kerak. Birinchi o‘yinda hammasi yaxshi o‘tdi, vaqt o‘tishi bilan jamoadoshlarim va men bir-birimizni yanada yaxshiroq bilib olamiz va bu bizga yanada kuch bag‘ishlaydi”, — dedi ispaniyalik.

Avvalroq Gvardiola “PSJ” hujumchilarining imkoniyatlarini baholagandi. Shuningdek, Ramos Messini dunyodagi eng yaxshi futbolchi deb atagani haqida xabar berilgan.