Frantsiyaning “PSJ” klubi himoyachisi Serxio Ramos 2021 yilgi “Oltin to‘p” uchun qaysi futbolchi favorit ekanini aytdi. Bu haqda “Football Espana” xabar berdi.

Foto: “Football Espana”

Parijliklar himoyachisi mazkur mukofotni Messi qo‘lga kiritishini aytdi.

“Lionel ‘PSJ’ uchun juda muhim futbolchi. U noyob o‘yinchi. Jamoada shunday hujumchilarning borligi sharafdir.

Ha, Leo ‘Oltin to‘p’ uchun kurashda favorit. Men doim jamoadoshlarimni qo‘llab-quvvatlayman va unga omad tilayman”, — dedi Serxio Ramos.

Ma'lumot o‘rnida, 2021 yilgi “Oltin to‘p” mukofoti Toshkent vaqti bilan 29 noyabrdan 30 noyabrga o‘tar kechasi, soat 00:30 da topshiriladi.

Avvalroq Serxio Ramos “PSJ” safidagi debyut o‘yini haqida gapirgandi. Shuningdek, u Leoni dunyodagi eng yaxshi futbolchi deb atagandi.