“Manchester Yunayted” futbolchisi Krishtianu Ronaldu Parijda bo‘lib o‘tadigan “Oltin to‘p”ni topshirish marosimida qatnashmoqchi emas. Bu haqda “Sports.ru” xabar berdi.

Foto: “Getty Images”
xabarga ko‘ra, “PSJ” hujumchisi Lionel Messi o‘z faoliyatida ettinchi marta sovrinni qo‘lga kiritishi mumkin. Shuningdek, bu sovringa “Bavariya”dan Robert Levandovski va “Chelsi”dan Jorjino ham da'vogarlik qilmoqda.

Besh karra “Oltin to‘p” sohibi Ronaldu 2020/21 yilgi mavsumda 29 ta gol bilan A Seriyaning eng yaxshi hujumchisi bo‘lgan edi. Biroq Krishtianu “Yuventus” va Portugaliya terma jamoasida Italiya va Evro chempionatlarida g‘alaba qozona olmadi.

Avvvlroq Ramos “Oltin to‘p” uchun qaysi futbolchi favorit ekanini aytgani ma'lum qilingan. Shuningdek, “Oltin to‘p”ni shu paytgacha qaysi futbolchilar qo‘lga kiritgani haqida ro‘yxat berilgandi.