Yangiliklar 18:38 | 29.11.2021

Ro‘yxat. “Oltin to‘p”ni shu paytgacha qaysi futbolchilar qo‘lga kiritgan?

Dunyoning eng yaxshi futbolchisi uchun “France Football” tomonidan har yili beriladigan “Oltin to‘p” mukofoti ilk marta 1956 yilda topshirilgan.

Kollaj: “Bugun.uz”

Mazkur mukofotning dastlabki sohibi Angliyaning “Blekpul” klubi hujumchisi Stenli Metyuz hisoblanadi. “Oltin to‘p”ning 2021 yilchaga bo‘lgan barcha sohiblari quyidagicha:

1956 yil. Stenli Metyuz “Blekpul”;
1957 yil. Alfredo Di Stefano “Real Madrid”;
1958 yil. Raymon Kopa “Real Madrid”;
1959 yil Alfredo Di Stefano “Real Madrid”;
1960 yil. Luis Suares “Barselona”;
1961 yil. Omar Sivori “Yuventus”;
1962 yil. Yozef Masopust “Dukla”;
1963 yil. Lev Yashin “Dinamo Moskva”;
1964 yil. Denis Lou “Manchester Yunayted”;
1965 yil. Eysebio “Benfika”;
1966 yil. Bobbi Charlton “Manchester Yunayted”;
1967 yil. Florian Albert “Ferentsvarosh”;
1968 yil. Jorj Best “Manchester Yunayted”;
1969 yil. Janni Rivera “Milan”;
1970 yil. Gerd Myuller “Bavariya”;
1971 yil. Yoxan Kroyf “Ayaks”;
1972 yil. Frants Bekkenbauer “Bavariya”;
1973 yil. Yoxan Kroyf “Barselona”;
1974 yil. Yoxan Kroyf “Barselona”;
1975 yil. Oleg Bloxin “Dinamo Kiev”;
1976 yil. Frants Bekkenbauer “Bavariya”;
1977 yil. Allan Simonsen “Borussiya M”;
1978 yil, Kevin Kigan “Gamburg”;
1979 yil. Kevin Kigan “Gamburg”;
1980 yil. Karl-xaynts Rummenigge “Bavariya”;
1981 yil. Karl-xaynts Rummenigge “Bavariya”;
1982 yil. Paolo Rossi “Yuventus”;
1983 yil. Mishel Platini “Yuventus”;
1984 yil. Mishel Platini “Yuventus”;
1985 yil. Mishel Platini “Yuventus”;
1986 yil. Igor Belanov “Dinamo Kiev”;
1987 yil. Rud Gullit “Milan”;
1988 yil. Marko van Basten “Milan”;
1989 yil. Marko van Basten “Milan”;
1990 yil. Lotar Matteus “Inter”;
1991 yil. Jan-Per Papen “Marsel”;
1992 yil. Marko van Basten “Milan”;
1993 yil. Roberto Badjo “Yuventus”;
1994 yil. xristo Stoichkov “Barselona”;
1995 yil. Jorj Vea “Milan”;
1996 yil. Mattias Zammer “Borussiya D”;
1997 yil. Ronaldo “Inter”;
1998 yil. Zinedin Zidan “Yuventus”;
1999 yil. Rivaldo “Barselona”;
2000 yil. Luish Figu “Real”;
2001 yil. Maykl Ouen “Liverpul”
2002 yil. Ronaldo “Real”;
2003 yil. Pavel Nedved “Yuventus”;
2004 yil. Andrey Shevchenko “Milan”;
2005 yil. Ronaldinyu “Barselona”;
2006 yil. Fabio Kannavaro “Real”;
2007 yil. Kaka “Milan”;
2008 yil. Krishtianu Ronaldu “Real”;
2009 yil. Lionel Messi “Barselona”;
2010 yil. Lionel Messi “Barselona”;
2011 yil. Lionel Messi “Barselona”;
2012 yil. Lionel Messi “Barselona”;
2013 yil. Krishtianu Ronaldu “Real”;
2014 yil. Krishtianu Ronaldu “Real”;
2015 yil. Lionel Messi “Barselona”;
2016 yil. Krishtianu Ronaldu “Real”;
2017 yil. Krishtianu Ronaldu “Real”;
2018 yil. Luka Modrich “Real”;
2019 yil. Lionel Messi “Barselona”.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilgi “Oltin to‘p” koronavirus sababli topshirilmagandi.

Ma'lumot o‘rnida, 2021 yilgi “Oltin to‘p” mukofoti Toshkent vaqti bilan 29 noyabrdan 30 noyabrga o‘tar kechasi, soat 00:30 da topshiriladi.