“Atletiko” hujumchisi Joau Feliks umumiy guruh bilan mashg‘ulotlarga qaytdi. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Foto: “Marca”

Portugaliyalik mushak jarohatidan tuzalib ketdi, shu tufayli u jamoaning so‘nggi uchta o‘yinini o‘tkazib yubordi. U mashg‘ulotlarni boshladi va jamoa bilan birgalikda 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Malorka” bilan Ispaniya chempionatining 16-tur uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

2021/22 yilgi mavsumda Feliks “Atletiko” tarkibida 11 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Avvalroq Pioli “Atletiko”–“Milan” o‘yinidan keyin futbolchilari ajoyib o‘yin o‘tkazganini aytgan. Shuningdek, Milan” jamoasi “Atletiko” ustidan g‘alaba qozongandi.