O‘rta vazn toifasida UFC jangchisi Hamzat Chimaev kim bilan jang o‘tkazmoqchi ekanini ma'lum qildi. Bu haqda u o‘zining Twitter sahifasi orqali xabar berdi.

Foto: “Istackr”

xabarga ko‘ra, asli chechenistonlik shved UFC sobiq ikki karra chempioni Jorj Sen-Perga jang o‘tkazishni taklif qiladi.

“UFC’ning yangi qiroli afsonaga qarshi. Nima deb o‘ylaysan?” – deb yozdi Hamzat Twitter’da.

Avvalroq Konor janglardan birini Neyt Diazga qarshi o‘tkazishga qaror qilganini aytgandi. Shuningdek, Chimaev Kovingtonni haqorat qilgani ma'lum qilingan.