“Chelsi”ning sobiq futbolchisi va murabbiyi Frenk Lempard Krishtianu Ronaldu va Lionel Messini solishtirdi. Bu haqda “Manchester Evening News” xabar berdi.

Foto: “Footboom.com”

Lempard har doim Messiga muhlislik qilganini, ammo endi Ronalduni afzal ko‘rishini ta'kidlagan.

“Bilasiz, men doim Messiga muxlislik qilganman.

Ammo, aslida, Ronalduning muhim o‘yinlardagi, final va yarim finallardagi samaradorligini ko‘rib, hozir men uni Messidan afzal ko‘raman”, — degan sobiq murabbiy.

Avvalroq Ronaldu “Oltin to‘p”ni topshirish marosimiga nega bormaganini tushuntirgandi. Shuningdek, Ronaldu “Oltin to‘p”ni topshirish marosimida qatnashmacligi ma'lum qilingan.