“Matchroom” promouterlik kompaniyasi Isroil Madrimovning nabvatdagi jang sanasini rasman e'lon qildi.
Foto: “Matchroom”

Toshkentda 17 dekabr kuni katta boks kechasi tashkil etiladi. Asosiy jang Isroil Madrimov hamda Mishel Soro o‘rtasida kechadi.

Shuningdek, bu boks oqshomida Shahram G‘iyosov, Hasanboy Do‘stmatov, Elnur Abduraimov, Bektemir Meliqo‘ziev va Dilshodbek Ro‘zmetovlar ham qatnashadi.

Avvalroq Madrimovning chempionlik jangi bekor qilingani haqida xabar berilgandi.