“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp va “Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola Lionel Messi qo‘lga kiritgan “Oltin to‘p” haqida gapirdi.

Foto: “Readfootball.com”

Klop Salohning 7-o‘rinni qo‘lga kiritganidan norozi ekanini va Levandovski endi hech qachon “Oltin to‘p” ololmasligini ta'kidlagan.

“Ha, Salohning o‘rni meni hayratda qoldirdi, rostini aytsam. Jurnalistlar ovoz berishyaptimi? Unda mendan so‘rama, ayb o‘zingda!

Messiga faoliyatida doim ‘Oltin to‘p’ berishingiz mumkin, lekin bu safar Levandovskiga mukofotni bermagan bo‘lsangiz, u hech qachon ololmaydi. Va Saloh, albatta, yuqoriroqda joylashgan bo‘lishi kerak”, — dedi Yurgen Klopp.

“Manchester Siti” murabbiyi Messi bu sovrinni nohaq qo‘lga kiritgani haqida hech narsa etmasligini aytdi.

“Mendan natijalar haqida so‘ramang. Bu, xuddi ko‘rib turgan narsangiz. Messi ‘Oltin to‘p’ni nohaq qo‘lga kiritdi, deb hech qachon ayta olmaymiz. Bu shou, yaxshi biznes, futbolni yanada qiziqarli qilish.

U bunga loyiqmi yoki yo‘qmi, men bu haqda gapiradigan odam emasman. Levandovskining shu va oxirgi mavsumdagi o‘yinini, saviyasi va gollari sonini hisobga olsak, uni ham mukofotlash adolatdan bo‘lardi. Ammo bu darajada hamma mukofotga loyiq”, — dedi Gvardiola.

Avvalroq Levandovski Messini “Oltin to‘p” sovrini bilan tabriklagandi. Shuningdek, Kroos “Oltin to‘p” uchun ovoz berish natijalaridan norozi ekanini aytgandi.