Yangiliklar 13:23 | 30.11.2021

Levandovski Messini “Oltin to‘p” sovrini bilan tabrikladi

“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski Lionel Messini ettinchi “Oltin to‘p” sovrini bilan tabrikladi. Bu haqda u o‘z Instagram sahifasida post qoldirdi.

Foto: “Gatty Images”

Oldinroq Levandovski yilning eng yaxshi hujumchisi bo‘lgan.

“Avvalo ‘Oltin to‘p’ sovrini bilan Lionel Messini tabriklayman.

Menga ovoz bergan va 2021 yildagi yutuqlarimni muhim deb bilgan har bir jurnalistlarga rahmat.

Yilning eng yaxshi hujumchisiga aylandim. Kuchli jamoa va sodiq muxlislarsiz hech kim individual sovrinni qo‘lga kirita olmaydi. Va men bundan mustasno emasman.

‘Bavariya’ga muvaffaqiyatga va orzuimga erishishim uchun bergan ko‘prigi uchun rahmat aytmoqchiman. Polsha terma jamoasidagi jamoadoshlarim va ‘Bavariya’ga rahmat aytmoqchiman. Meni har kuni qo‘llab-quvvatlayotgan muxlislarga ham rahmat aytmoqchiman. Bu ko‘p narsani anglatadi.

Va eng muhimi — oilamga rahmat aytmoqchiman.

Rahmat ona. Rahmat Anna. Sen butun hayotimdagi sevgimsan, mening eng yaxshi do‘stimsan. Opam Milena va do‘stlarimga, shuningdek, doimiy qo‘llab-quvvatlagani uchun rahbariyatga rahmat. Bu mening muvaffaqiyatlarimning asosidir.

Rahmat”, deb yozgan Levandovski.

Avvalroq Oliver Kan Levandovskining “Oltin to‘p” olmaganiga munosabat bildirgandi. Shuningdek, Levandovski “Oltin to‘p” sovrini uchun yakuniy ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan.