“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovskining agenti Pini Zaxavi Lionel Messi “Oltin to‘p”ga loyiq emasligini aytdi. Bu haqda “Mia San Mia” xabar berdi.

Foto: “Sky Sports”

Polshalik agentning so‘zlariga ko‘ra, unga mijozi, ya'ni Levandovski munosib bo‘lgan.

“Messini tabriklayman, u buyuk futbolchi va futbol afsonasi. Ammo bu safar ‘Oltin to‘p’ unga tegishli emas. ‘Oltin to‘p’ga Robert Levandovski munosib.

Robert mukofotga loyiq edi. Ajablanarlisi shundaki, yuz millionlab muxlislar ushbu nufuzli mukofot natijalariga ishonishlari qiyin edi.

Dushanba kuni Levandovski o‘zining birinchi ‘Oltin to‘p’ini olishi bilan yakunlanishi kerak edi”, — dedi agent.

Avvalroq Levandovski Messini “Oltin to‘p” sovrini bilan tabriklagandi. Shuningdek, Kroos “Oltin to‘p” uchun ovoz berish natijalaridan norozi ekanini aytgandi.