Yangiliklar 21:45 | 30.11.2021

Manchini “Manchester Yunayted”ni keyingi mavsumda boshqarishi mumkin

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda “The Telegraph” xabar berdi.

Foto:  “The Telegraph”

xabarga ko‘ra, italiyalik mutaxassis 2022 yil yozda “Manchester Yunayted”ni boshqarishga rozi bo‘lishi ehtimoli bor.

Agar terma jamoa bahorda pley-off o‘yinlari orqali 2022 yilgi jahon chempionatiga chiqa olmasa, imkoniyatlar yaxshilanadi. Biroq, Italiya Qatarda o‘ynash huquqini qo‘lga kiritgan taqdirda ham, “Manchester Yunayted” Manchini ish joyini o‘zgartirishga ko‘ndirishga harakat qilishi mumkin. Manchini 2021/22 yilgi mavsumda “Manchester Yunayted”ni boshqarishdan bosh tortgandi.

Eslatib o‘tamiz, Roberto bungacha “Manchester Siti” bilan 2009–2013 yillar davomida Premer-ligada ishlagan va jamoa bilan chempionlik, kubok va superkubokni qo‘lga kiritgan.

Avvalroq Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini “Manchester Yunayted” taklifiga rad javobini bergani ma'lum qilingandi. Shuningdek, ingliz klubining vaqtinchalik bosh murabbiyi Maykl Kerrik jamoadagi 1-o‘yini haqida fikr bildirgandi.