Yangiliklar 15:42 | 30.11.2021

“Messi ‘Oltin to‘p’ga loyiq emasdi” — Kroos

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi futbolchisi Toni Kroos “Oltin to‘p” uchun ovoz berish natijalaridan norozi ekanini aytdi. Bu haqda “Voetbal International” xabar berdi.

Foto: “Getty Images”

Germaniyalik futbolchi Messi 2021 yilgi “Oltin to‘p”ga loyiq emasligini ta'kidladi.

“Birinchi navbatda shuni aytishim kerakki, individual mukofotlar meni qiziqtirmaydi, lekin ular bor ekan, shunday bo‘lsin.

Menimcha, Messi bu safar g‘alaba qozonmasligi kerak edi. U ‘Oltin to‘p’ga loyiq emasdi. Men uchun Benzema yil oxirida qaysidir o‘yinchiga baho beradigan bo‘lsak, eng yaxshisi.

Hech shubha yo‘qki, Messi Ronaldu bilan birga o‘n yillikning eng yaxshi o‘yinchisi, lekin menimcha, Krishtianu Leoni ortda qoldirdi”, — dedi Toni Kroos.

Avvalroq Lionel Messi faoliyatidagi ettinchi “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Robert Levandovski Leoni mukofot bilan tabriklagani ma'lum qilingandi.