Oliver Kan “Oltin to‘p” Levandovskiga berilmaganiga munosabat bildirdi
Sobiq darvozabon va “Bavariya” direktori Oliver Kan Robert Levandovskining “Oltin to‘p” olmaganiga munosabat bildirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Foto: “Getty Images”
Kan Levandovski “Oltin to‘p” uchun etarlicha harakat qilganini ta'kidladi.
“Lionel Messini tabriklayman. Ammo Levandovski eng yaxshi hujumchi bo‘lishdan tashqari ‘Oltin to‘p’ uchun ham etarlicha harakat qildi. U yillar davomida yaxshi o‘yin o‘tkazdi.
Levandovski ‘Oltin to‘p’ni qo‘lga kiritmagan bo‘lsa ham jahon futbolidagi Olimpga ko‘tarildi. U kelajakda ‘Bavariya’ bilan qanday rekordlar o‘rnatishini intiqlik bilan kutyapman. U keyingi yil yana mukofot uchun kurashadi”, — degan sobiq darvozabon.
Avvalroq Levandovski “Oltin to‘p” sovrini uchun yakuniy ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan.