“Torino” “Atalanta” yarim himoyachisi Aleksey Miranchukga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Salciomercato.com” xabar berdi.
Foto: “Salciomercato.com”
Klub 26 yoshli rossiyalik futbolchini sotib olish optsiyasi bilan ijaraga olmoqchi. Oldinroq Miranchukga “Jenoa”, “Verona” va “Sassuolo” ham da'vogarlik qilayotgani haqida ma'lumotlar bor edi. U “Atalanta” bilan 2020 yilning avgust oyida shartnoma imzolagan.
Yarim himoyachi 39 uchrashuvda 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq “Roma” “Torino”ni 1:0 hisobida mag‘lub etgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, “Roma” futbolchisi Abraham Mourino unga qanday topshiriq berganini aytgandi.