Yangiliklar 11:45 | 01.12.2021

Armrestling bo‘yicha JChda o‘zbekistonlik sportchilar 5 ta oltin medal oldi

Armrestling bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar hozircha 5 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Turizm va sport vazirligi axborot xizmat

Ruminiyaning Buxarest shahrida armrestling bo‘yicha kichik o‘smirlar (15 yosh), o‘smirlar (18 yosh), yoshlar (21 yosh), kattalar, faxriylar va jismoniy imkoniyati cheklangan sportchilar o‘rtasida jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Jahonning 39 ta davlatidan sportchilar g‘oliblik uchun bahs olib borayotgan musobaqaga O‘zbekiston sport delegatsiyasi 25 kishilik tarkib bilan yo‘l olgan. Shuningdek, terma jamoa tarkibidan 2 nafar para armrestling sportchilari ham o‘rin olgan.

Hozirgacha O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari 5 tadan oltin va kumush hamda 4 ta bronza medaliga ega chiqdi.

Quyida terma jamoa tarkibida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar bilan tanishing:

  • Ziyadullaeva Gulsevar — 15 yoshgacha bo‘lgan kichik o‘smirlar guruhida -40 kilogramm vazn toifasida 2 ta oltin medal;
  • Olimov Bekzod — yoshlar o‘rtasida -85 kilogramm vazn toifasida 2 ta oltin medal,
  • Salohitdinov Aziz — para armrestling bo‘yicha -55 kilogramm vazn toifasida oltin medal,
  • Ulug‘murodova Shohsanam — o‘smirlar o‘rtasida -50 kilogramm vazn toifasida kumush medal,
  • Yo‘ldoshev Yarash — yoshlar o‘rtasida kumush va bronza medali,
  • Erkinov Daniil — 15 yoshgacha bo‘lgan kichik o‘smirlar guruhida -55 kilogramm vaznda 2ta bronza medali,
  • Quvondiqova So‘g‘diyona — o‘smirlar o‘rtasida -50 kilogramm vazn toifasida kumush medal,
  • Fayzullaev Zohir — yoshlar o‘rtasida -55 kilogramm vazn toifasida bronza medali,
  • Atamurodova Maftuna — 15 yoshgacha bo‘lgan kichik o‘smirlar guruhida -55 kilogramm kumush medal,
  • Ne'matullaev Sulton — kattalar o‘rtasida -70 kilogramm vazn toifasida kumush medal.

Avvalroq O‘zbekistonlik karatechi Jahon chempionati finaliga chiqqandi. Shuningdek, Toshkentda Jahon chempionligi kamari uchun muay-tay kechasi o‘tkazilishi haqida xabar berilgan.