Yangiliklar 3:04 | 01.12.2021

“ESPN” eng yaxshi 100 nafar futbolchi va bosh murabbiy reytingini e'lon qildi

“ESPN” nashri eng yaxshi 100 nafar futbolchi va bosh murabbiylarning yillik reytingini e'lon qildi.

Foto: FIFA

Unga ko‘ra, eng yaxshi o‘nta hujumchilar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi:

1) Lionel Messi (“Barselona”/“PSJ);

2) Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”/“Manchester Yunayted”);

3) Kilian Mbappe (“PSJ”);

4) Muhammad Saloh (“Liverpul”);

5) Neymar (“PSJ”);

6) Son xyon Min (“Tottenhem”);

7) Memfis Depay (“Lion”/“Barselona”);

8) Kay xaverts (“Chelsi”);

9) Dushan Tadich (“Ayaks”, reytingdan tashqari);

10) Jerar Moreno (“Vilyarreal”).

Ovoz berish 77 nafar ekspert, jumladan jurnalistlar va sobiq futbolchilar o‘rtasida o‘tkazildi. Ular 300 dan ortiq nomlar orasidan tanladilar.

Avvalroq Lionel Messi faoliyatidagi ettinchi “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Robert Levandovski Leoni mukofot bilan tabriklagani ma'lum qilingandi.