“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Instagram foydalanuvchisi tomonidan Messi 2021 yilgi “Oltin to‘p”ga noloyiq ekani va portugaliyalik futbolchi hali mukofot uchun kurashishi to‘g‘risida yozilgan postga munosabat bildirdi.

Foto: “Getty Images”

Tarmoq foydalanuvchisi tomonidan yozilgan post quyidagicha:

“Bu yil Krishtianu Ronaldu Italiya kubogi, Italiya Superkubogi, Evro to‘purari, Italiya chempionati to‘purari, ‘Yuventus’ning 2020/21 yilgi mavsumdagi to‘purari, ‘Manchester Yunayted’ning 2021/22 yilgi to‘purari. Shuningdek, rasmiy o‘yinlardagi gollar soni bo‘yicha futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi, terma jamoalar tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi, Evro tarixidagi eng yaxshi to‘purar va eng yaxshi assistentga aylandi.

Yilda 43 ta gol, Chempionlar ligasining 5 o‘yinida 6 ta gol, hammasi hal qiluvchi va bu yigit yoshidan qat'i nazar, mo‘'jizalar yaratishda va dunyoni hayratda qoldirishda davom etmoqda. Vaholanki, bu yigitni 6-o‘ringa qo‘yishdi… Haqiqatan ham, bu yil undan 5 nafar futbolchi ko‘proq harakat qildi deb o‘ylaysizmi? Hech qachon.

U bu sovrin uchun xotirjamlik bilan kurashishi mumkin edi va Levandovski bilan jang yaxshi bo‘lardi. Individual tarzda, Robert aql bovar qilmaydigan va ‘Bavariya’ ‘Yuventus’dan yaxshiroq mavsum o‘tkazdi, ammo milliy darajada Ronaldu yaxshiroq edi.

Sovrinni kim oldi? ‘Barselona’ bilan faqat Ispaniya kubogini qo‘lga kiritgan Messi Krishtianu ketganidan beri ‘Real’ darvozasiga gol urmadi, mavsumning asosiy o‘yinlarida yo‘qolib qoldi, har to‘rt yilda bir marta o‘tkazilishi kerak bo‘lgan Amerika kubogini qo‘lga kiritdi, ammo deyarli har yili finalda ham, yarim finalda ham gol ura olmadi. Va u ‘PSJ’da zaif mavsum o‘tkazmoqda.

Krishtianu bu sovrinni qo‘lga kiritishi uchun u 300 foiz eng yaxshisi bo‘lishi kerak. Messi bilan esa buning aksi. U kamtarona mavsum o‘tkazishi mumkin va ular doimo unga sovrinni topshirish yo‘lini topadi.

Tarafkashlik, kirlik va uyat. Kim ‘Oltin to‘p’ga munosib ekanini etarlicha aqlli odam tushunadi. Noto‘g‘ri mukofot olish bu yolg‘on baxt.

Ronaldu har doim tarixda eng zo‘r bo‘lib qoladi”.

Krishtianu Ronaldu esa ushbu post tagiga “Fakt👍👀”, deb izoh qoldirdi.

Skrin: Instagram

Avvalroq Levandovskining agenti, “Real” futbolchisi Toni Kroos Messi “Oltin to‘p”ga loyiq emasligini aytgandi. Shuningdek, Klopp hamda Gvardiola “Oltin to‘p” sovrinini topshirishdagi nohaqliklar haqida gapirgani, Lempard har doim Messiga muxlislik qilgani, ammo endi Ronalduni afzal ko‘rishini aytgani va Messining “Oltin to‘p”ni olgandan so‘ng muxlislariga myrojaati ma'lum qilingandi.