Yangiliklar 23:11 | 07.12.2021

“Barselona” va “Milan” Andreas Kristensenga qiziqish bildirmoqda

“Chelsi” himoyachisi Andreas Kristensenga “Barselona” va “Milan” qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Fabritsio Romano o‘zining Twitter sahifasi orqali ma'lum qildi.

Foto: “The Sun”

“Barsa” 2022 yilning yozida erkin agent sifatida o‘tish masalasini muhokama qilish uchun daniyalik bilan bog‘landi. “Milan” 25 yoshli futbolchi bilan Simon Kerning jarohati tufayli qishki transfer uchun aloqaga chiqqan. Shu bilan birga, har ikki klub ham Kristensen yaqin orada “Chelsi” bilan shartnomasini uzaytirishiga ishonmoqda.

“Ko‘k-anorranglilar” himoyachi bilan shartnoma imzolash uchun hamma narsaga tayyor, faqat Andreasning roziligi kerak ekanligi aytildi.

Avvalroq “Barselona”ning “Bavariya”ga qarshi bahs uchun qaydnomasi e'lon qilingandi. Shuningdek, “Barselona”ning “Bavariya”ga qarshi bahs uchun qaydnomasi e'lon qilingandi.